“IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO” KSh ijtimoiy platformalarida o‘tkazilayotgan yutuqli oʻyin ommaviy ofertasi

Mazkur shartnoma ommaviy oferta xarakteriga ega bo‘lib, “yozma bitim”ga ekvivalent hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli yuridik kuchga ega.

Preambula

Quyidagi ma’lumotlar jismoniy shaxsga (keyingi o‘rinlarda Ishtirokchi deb yuritiladi) “IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO” KSh (keyingi o‘rinlarda Tashkilotchi deb yuritiladi) tanlovi doirasida yutuqli o‘yinda ishtirok etish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun rasmiy taklif (ommaviy oferta) hisoblanadi. Mazkur shartnoma ommaviydir, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, uning shartlari barcha ishtirokchilar uchun bir xil.

Ommaviy shartnoma shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilish Tanlovda ishtirok etish faktidir.

1. Umumiy qoida

1.1 Mazkur shartnoma Tanlovda ishtirok etish shartlari va qoidalarini belgilaydi. Tanlovda ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu shartnoma shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilishini e'lon qiladi.

2. Tashkilotchi

2.1. Tanlov «IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO» KSh tomonidan o‘tkazilmoqda.
2.2. Tanlov «IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO» KSh ning Instagram platformasidagi rasmiy sahifasida o‘tkaziladi, boshqa platformalardagi sahifalar ma’lumot yetkazuvchi xarakteriga ega.
2.3. Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar Tashkilotchi tomonidan faqat Tanlovni o'tkazish maqsadlarida foydalaniladi.
2.4. Zaruriy holatda, Tashkilotchi davom ettirish majburiyatini zimmasiga olmagan holda istalgan bosqichda Tanlovni tugatish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3. Tanlovni o‘tkazish joyi va vaqti

Tanlov 2024-yil 6-iyuldan 26-iyulgacha Tashkilotchining Instagram platformasidagi rasmiy sahifasida oʻtkaziladi.

4. Tanlovda ishtirok etish qoidalari.

4.1 Tanlovda ishtirok etish reglamenti:
Tanlovda faqat “IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO” KSh ning amaldagi yoki sobiq ishtirokchilari ishtirok etishlari mumkin;

Tanlov shartlari:

-
KT «IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO» KSh ning Instagram platformasidagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘lish yoki obuna bo‘lgan bo‘lish (@imaninvest);
-
Tashkilotchi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar haqidagi xolis fikrlarni 60 soniyadan ko'p bo'lmagan video shaklida yozib olib uni Instagram platformasidagi shaxsiy sahifada joylash va Tashkilotchining sahifasini belgilash (@imaninvest)
4.2 Quyidagilar Tanlovda ishtirok eta olmaydilar:
-
Tanlov Tashkilotchisining xodimlari va ularning oila a’zolari;
-
brend, internet-do‘kon, hamjamiyat, guruhlarga tegishli bo‘lgan sahifalar, shuningdek yutuqli o‘yinlarda qatnashish uchun maxsus ochilgan sahifalar;
-
shaxsiy rasmlar joylanmagan yoki amalda faol bo‘lmagan sahifalar;
-
sud tomonidan layoqatsiz deb tan olingan shaxslar;
4.3 Mazkur Ommaviy ofertaning 4.1. bandda ko'rsatilgan harakatlarni bajargan barcha ishtirokchilar avtomatik ravishda Tanlovda ishtirok etadi.
4.4. Mazkur Ommaviy ofertaning 4.1-bandida ko'rsatilgan harakatlarni bajargan barcha Ishtirokchilar shaxsni tasdiqlash va sovrinni topshirish maqsadida aloqa o'rnatish uchun o‘z shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishga rozilik beradilar. Shuningdek, Ishtirokchilar Tashkilotchiga ular tomonidan mazkur tanlov doirasida suratga olingan va ijtimoiy tarmoq sahifasida joylangan videolardan marketing maqsadlarida foydalanishiga rozilik bildiradilar. Tashkilotchi ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga o'tkazishga haqli emas. Ishtirokchi istalgan vaqtda g'oliblar aniqlangunga qadar Tanlovda qatnashishdan bosh tortishi mumkin.
4.5. Har bir Ishtirokchi mazkur Ommaviy ofertada ko'rsatilgan shartlarga muvofiq Tanlovda ishtirok etadi. Agar Ishtirokchi Tanlov shartlaridan birortasini buzgan bo'lsa, rad etish sabablarini ko'rsatmasdan Tashkilotchi sovrinni berishdan bosh tortish huquqini o'zida saqlab qoladi.
4.6. Tanlov gʻolibi oʻz ismini Tanlov gʻoliblari roʻyxatiga kiritishga, shuningdek, videotasvirga olishga rozilik beradi.

5. G'olibni aniqlash.

5.1. Tanlov g‘olibi barcha Ishtirokchilar orasidan videolarni quyidagi me’zonlar bo‘yicha baholash yo‘li bilan aniqlanadi:
-
fikrlarning rostligi va xolisligi;
-
kadrlarda Iman Invest mobil ilovasi ekranlari, sarmoya va olingan foyda miqdori ko'ringanligi;
-
videoning sifati;
-
suratga olishdagi ijodiy yondashuv;
5.2. G‘oliblarning ismlari Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida 2024-yil 31-iyul kuni jonli efirda e’lon qilinadi.
5.3. G'olib tomonidan sovg'ani qabul qilganligini tasdiqlash aktga imzo qo'yish orqali amalga oshiriladi.
5.4 G'olib sovrin topshiriladigan joyga (Toshkent, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 64A) yetib borgunga qadar bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

6. Sovrin haqida umumiy ma'lumot va uni olish shartlari

6.1. Sovrin Tashkilotchi tomonidan quyidagi tartibda Tanlov natijalari e'lon qilingan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida taqdim etiladi:
-
1-o‘rin – 10 000 000 (o‘n million) so‘m, G‘olibning Iman Invest mobil ilovasidagi hisobga o‘tkazish yo‘li bilan;
-
2-o‘rin – 7 000 000 (yetti million) so‘m, G‘olibning Iman Invest mobil ilovasidagi hisobga o‘tkazish yo‘li bilan;
-
3-o‘rin – 4 000 000 (to‘rt million) so‘m, G‘olibning Iman Invest mobil ilovasidagi hisobga o‘tkazish yo‘li bilan.
6.2. Tashkilotchi faqat sovrinni topshirish uchun zarur deb hisoblangan shaxsiy ma'lumotlarni oladi yoki so'raydi. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari Tashkilotchining maxfiylik siyosatiga bo'ysunadi. Tanlovda ishtirok etish orqali Ishtirokchi ma'lumotlarning bunday uzatilishiga rozi bo'ladi va shaxsiy ma'lumotlari Ishtirokchi tomonidan ishlatiladigan va Tanlov doirasida Tashkilotchiga taqdim etilgan har qanday shaxslardan tegishli rozilikni olishga majburdir.
6.3. Tashkilotchining Ishtirokchi oldida sovrinni topshirishdan tashqari boshqa majburiyatlari yo'q, Tanlov g'olibi bo'lgan Ishtirokchi esa olingan Sovrindan ortiq mol-mulkni talab qilishga haqli emas.
6.4. G‘olib “IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO” KSh direktori nomiga o‘z qo‘li bilan yozilgan yozma ariza orqali sovrinni oila a’zolaridan biriga o‘tkazish huquqiga ega, G‘olib arizani “Iman Invest” mobil ilovasi orqali Tashkilotchiga yuborishi mumkin.